
"Betis" etakchisi noma’lum muddatga safdan chiqdi
"Betis" klubining etakchi futbolchisi Vilyam Karvalyu jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 26 yoshli Portugaliya terma jamoasi a’zosining qachon safga qaytishi hozircha aniq emas.
Ma’lumot uchun, Karvalyu joriy mavsum “Betis” safida 26ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar