
Belgiya terma jamoasi sardori ikkita uchrashuvni o‘tkazib yuboradi
Belgiya terma jamoasi sardori Vensan Kompani jarohati sababli JCh-2018 turniri guruh bosqichi ikkita uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda terma jamoa ustozi Roberto Martines ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kompani 2 iyun kuni Portugaliya terma jamoasi bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan. Shuningdek, himoya Tomas Vermalen sog‘ayish jarayonini boshdan kechirmoqda.
Belgiya termasi JCh-2018 guruh bosqichidagi ilk uchrashuvni Panamaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 18 iyun kuni Sochida bo‘ladi. Belgiyaliklar pshuningdek, guruhda Tunis (23 iyun, Moskva) va Angliya (28 iyun, Kaliningrad) termalari bilan kuch sinashadi.
Fikrlar