"Bavariya" "Liverpul"ga qarshi bahs oldidan yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 19 fevral, 2019, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi xavbeki Leon Gorettska jamoasining kechagi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi.

Tecno

Unga ko‘ra 24 yoshli futbolchi to‘pig‘idan jarohat olgan va shu bois yakka tartibda shug‘ullangan. Shu bois uning bugun EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Gorettska joriy mavsum nemis grandi safida jami 28ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Bavariya" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!