
"Barselona"ning etakchi futbolchilaridan biri safga qaytdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Serxi Roberto jarohatidan forig‘ bo‘lib mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqja Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra son mushaklaridagi jarohat sabab deyarli bir oy maydonga tusha olmagan 26 yoshli ispaniyalik futbolchi umumiy guruh mashg‘ulotlarida hech qanday cheklovlarsiz shug‘ullangan. Shu bois u kelayotgan turda “ko‘k-anor ranglilar”ga yordam berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” ertaga 22 dekabr kuni La Liganing 17-turi doirasida o‘z maydonida “Selta”ni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, Serxi Roberto joriy mavsum “Barselona” safida 14ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 4ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar