
"Barselona" vakillari Kolumbiya terma jamoasi ustozi bilan nima haqda gaplashishdi?
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyatini jamoa himoyachisi Yerri Minaning Kolumbiya terma jamoasidagi holati tashvishga solyapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 23 yoshli futbolchisini imkon qadar qimmatroqqa sotishi uchun uning JCh-2018da o‘zini ko‘rsatishiga umid qilishmoqda. Biroq, Mina mundialning ilk turida Yaponiyaga qarshi o‘yinda zaxirada qoldirildi.
Shundan so‘ng kataloniyaliklar vakillari Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Pekerman bilan bog‘lanishgan va Minaga imkon berishini so‘rashgan. Biroq, 68 yoshli mutaxassis “Barsa”ning ushbu taklifini rad etgan.
Fikrlar