
Barselona klubi bugun “Real” mehmoni bo‘ladi
Bugun Ispaniya La Ligasida 5-turdan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tadi. Hususan, Madridning “Real” klubi o‘z maydonida Barselonaning “Espanol” klubini qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Real” ketma-ket 5ta o‘yindan buyon o‘z maydonida “Espanol” ustidan g‘alaba qozonib kelmoqda.
- “Espanol” “qirollik klubi”ni “Santyago Bernabeu”da so‘nggi marta 1996 yil 21 aprelda mag‘lubiyatga uchratgan.
- “Real” o‘z maydonida o‘tgan so‘nggi 4ta o‘yindan buyon g‘alaba qozonib kelmoqda.
- “Espanol” esa safarda o‘tkazgan so‘nggi 5ta o‘yinidan faqat 1tasida mag‘lubiyatga uchragan holos.
"Real" – "Espanol"
Stadion: "Santyago Bernabeu" (Madrid, Ispaniya)
Boshlanish vaqti: 23:45
Bosh hakam: Antonio Migel Mateu Laos (Valensiya)
Taxminiy tarkiblar:
"Real": Kurtua – Odriosola, Varan, Ramos, Marselo, Modrich, Kroos, Sebalos, Beyl, Asensio, Benzema.
"Espanol": Diego Lopes – David Lopes, Xavi Lopes, Ermoso, Vila, Darder, Roka, Granero, Iglesias, S.Garsiya, Baptistau.
Fikrlar