
"Barselona" joriy yoz o‘z safiga yana 2ta futbolchi qo‘shib olishni rejalashtirmoqda
Kataloniyaning “Barselona” klubi mavsumlar oralig‘ida kamida yana 2ta futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda.
Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” ushbu ikki transferni maydon markazini kuchaytirish uchun amalga oshirishmoqchi. Ayni damda “Barselona” bu borada 3ta nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Ular “Ayaks”dan Frenki de Yong, PSJdan Adrian Rabo va “Chelsi”dan Villianlardir.
Tak’idlash lozimki, de Yongdan tashqari qolgan ikki nomzodni qo‘lga kiritish “Barsa” uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Boisi, Raboni ham, Villianni ham o‘z jamoalari qo‘yib yuborishni istashmayapti.
Fikrlar