"Barselona" jahon chempioni uchun kurash boshladi

  • 26 iyul, 2018, 22:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Sevilya" yarim himoyachisi Stiven N'Zonzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda fichajes.com nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar”ning Adriana Rabo (PSJ) va Frenki de Yong ("Ayaks") kabi futbolchilarni sotib olish borasidagi harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ular aynan 29 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun kurash boshlashgan.

Ma’lumot uchun, N'Zonzi o‘tgan mavsum andalusiyaliklar safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, N'Zonzi shuningdek yaqindagina yakunlangan jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi safida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!