"Barselona" etakchilari Neymarning qaytishi haqida qanday fikrda?

  • 18 oktabr, 2018, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi prezidenti Jozep Bartomeu jamoa a’zolari bilan xujumchi Neymarning "ko‘k-anor ranglilar" safiga qaytishi borasida suhbatlashgan.

Tecno

Bartomeu jamoa etakchilari bilan braziliyalik xujumchining jamoaga qaytishiga va uning kiyinish xonasida kutib olish borasida fikrlarini so‘ragan.

El Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar Neymarning qaytishiga roziliklarini bildirishgan va u bilan do‘stona aloqalarda bo‘lganliklarini ta’kidlab o‘tishgan.

SER nashrining xabar berishicha, parijliklar Neymarni 2020 yilda 200 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor turishibdi.

Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi xizmatlariga “Real” qiziqish bildirmoqda, ammo uning o‘zi “Barselona” sharafini himoya qilmoqchi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!