
"Barselona" Salah uchun kurashga qo‘shildi
Ispaniyaning "Barselona" klubi yozgi transferlar mavsumida "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni xarid qila olmasa, ikkinchi variant "Liverpul" etakchisi Muhammad Salahni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.
Hozirda Grizmann kelajagi borasida yakuniy qarorga kelganicha yo‘q, shu sabab kvtaloniyaliklar Salahning transferini o‘rganib chiqishmoqda.
AS nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining vakillari transfer borasidagi muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, Salah yozgi transferlar mavsumida "Real"ning asosiy xaridlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Fikrlar