"Barselona" Drakslerga qiziqish bildirmoqda

  • 9 aprel, 2018, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi hujumkor yarim himoyachisi Yulian Draksler faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Don Balon nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra Germaniya terma jamoasi a’zosiga “Barselona” jiddiy qiziqish bildira boshladi. Xatto, kataloniyaliklar o‘zining germaniyalik darvozaboni Mark-Andre ter Shtegendan Drakslerni jamoaga o‘tishga ko‘ndirishni so‘rashdi.

24 yoshli futbolchining transferi esa “Barselona”ga tahminan 60 mln evroga tushishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Draksler joriy mavsum PSJ safida jami 41ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!