
Ayollar kurashi. Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qizlarimiz sovrindor bo‘lishdi
-53kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Aktenge Keunimjaeva musobaqa davomida Belarus, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, AQSh vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha etib borgani haqida ma’lum qilgandik. Afsuski, u finalda yaponiyalik Umi Imaiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
-62 kg vazn toifasida bellashuvlarda ishtirok etgan Nabira Esenbaeva esa Qozog‘iston, Belarus, Italiya sportchilaridan ustun kelib hal qiluvchi bahslarga etib keldi. Finalda esa yaponiyalik Atena Kodamaga qarshi gilamga chiqdi va mag‘lub bo‘ldi. Yakunda u ham kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, ayollar kurashi bo‘yicha bahslarda sportchilarimiz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ilk marotaba finalgacha etib kela olishdi.
Jahon chempionati davom etmoqda.
Fikrlar