
“Australian open-2017”: Bugun saralanmagan tennischilardan faqat Denis Istomin g‘alaba qozondi
Avstraliya ochiq chempionatining uchinchi bosqich ikkinchi kungi bellashuvlarida jahon reytingida yuqori o‘ringa ega bo‘lmagan faqatgina o‘zbekistonlik Denis Istomin keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bungacha o‘zaro bahslarda ikki marotaba mag‘lubiyatga uchragan ispaniyalik Pablo Karreno-Bustani besh set natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi.
Bugungi bellashuvlarning barchasida jahon reytingida yuqori o‘rinlarda qayd etilgan saralangan tennischilar zafar quchdi.
Natijalar bilan tanishing:
David Goffen (Belgiya, 11) — Ivo Karlovich (Xorvatiya, 20) 6:3 6:2 6:4
Dominik Tim (Avstriya, 8) — Benua Per (Frantsiya) 6:1 4:6 6:4 6:4
Roberto Bautista-Agut (Ispaniya, 13) — David Ferrer (Ispaniya, 21) 7:5 6:7 7:6 6:4
Rafael Nadal (Ispaniya, 9) — Aleksandr Zverev (Germaniya, 24) 4:6 6:3 6:7 6:3 6:2
Denis Istomin (O‘zbekistan, WC) — Pablo Karreno-Busta (Ispaniya, 30) 6:4 4:6 6:4 4:6 6:2
Milosh Raonich (Kanada, 3) — Jil Simon (Frantsiya, 25) 6:2 7:6 3:6 6:3
Gael Monfis (Frantsiya, 6) — Filipp Kolshrayber (Germaniya, 32) 6:3 7:6 6:4
Fikrlar