
"Atletiko"ning asosiy hujumchisi safga qaytdi
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Diego Kosta jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi va safga qaytdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli hujumchi bugun jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Eslatib o‘tish lozimki, Kosta o‘tgan yilning dekabrida chap oyoq tizzasidan operatsiya qilingan va shundan buyon maydonga tushgani yo‘q.
Endi yaqin vaqtlar ichida u tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng shifokorlar uning maydonga tushish yoki tushmasligi haqida ma’lum qilishadi.
Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida jami 15ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar