"Atletiko" yozda Diego Kosta bilan xayrlashmoqchi

  • 26 noyabr, 2018, 18:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi mavsum yakunlangach o‘zining asosiy hujumchisi Diego Kosta bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra agar 30 yoshli futbolchi chindan ham “matraschilar” safini tark etsa, u holda ushbu joyga PSJ forvardi Edinson Kavani olib kelinishi mumkin. Aytish kerakki, urugvaylik to‘purarni Madridda shaxsan jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone ko‘rishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Kavani joriy mavsum PSJ safida 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!