
"Atletiko" Turanni qaytarib olmaydi
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Arda Turan ushbu transfer bozori yakunlanganiga qadar jamoani tark etishi mumkin.
30 yoshli futbolchining xizmatlari “Atletiko”ga taklif etildi. Biroq Turan Diego Simeonening rejalariga kirmaydi.
Turan “Galatasaray”ga ham o‘tishi mumkin. Biroq futbolchiga shaxsiy shartnoma bandlari ma’qul kelmayapti.
Turkiyalik futbolchining katalon klubi bilan shartnomasi kelgusi yili yakuniga etadi.
Fikrlar