Artur "Real"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin, agar...

  • 23 fevral, 2019, 17:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Artur "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi yarim final javob bahsida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan va jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Ammo, u "Santyago Bernabeu"dagi o‘yinga qadar o‘z formasini tiklab ulguradimi yoki yo‘q bu hozircha ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Artur joriy mavsum “Barselona” safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Barselona" uchrashuvi 27 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!