"Arsenal"ga qarshi bahs oldidan MYu tarkibida jiddiy yo‘qotishlar mavjud

  • 4 dekabr, 2018, 23:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" APLning 15-turida bo‘lib o‘tadigan "Arsenal"ga qarshi bahsdan oldin tarkibda yo‘qotishlarga uchradi.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar”ga qarshi bahsda himoyachi Viktor Lindelef va hujumchi Aleksis Sanches MYuga yordam bera olmaydi.

Shuningdek Lyuk Shou va Romelu Lukakularning ham ushbu o‘yinda ishtirok etishlari so‘roq ostida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” – “Arsenal” uchrashuvi ertaga 5 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!