
“Arsenal” futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas
Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachi Jek Uilsher bilan hayrlashishni istamayapti. The Sun nashrining ma’lum qilishicha “kanonirlar” rahbariyati 25 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi.
Ammo, shartnoma haqida to‘liq ma’lumotlar oshkor etilmayapti. Aytish kerakki, Uilshirning amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi a’zosi ushbu mavsum ijara asosida “Bornmut” klubi sharafini himoya qilmoqda. U premer-liganing 16ta uchrashuvida ishtirok etib, 1ta golga assisentlik qilgan
Fikrlar