
"Arsenal" Oksleyd-Chemberlenni o‘zida saqlab qolish yo‘lini topdi
Londonning “Arsenal” klubi angliyalik yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Mirror nashrining xabar berishicha, tomonlar bu borada muzokaralarni boshlab yuborishgan. Yangi kelishuvga ko‘ra “kanonirlar” 23 yoshli futbolchi uchun haftasiga 115 ming evro to‘lamoqchi. Aytish lozimki, Angliya terma jamoasi a’zosining “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Liverpul” Aleks Oksleyd-Chemberlenni o‘z safiga ko‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Arsenal” Angliya kubogini qo‘lga kiritdi
Sanches "Arsenal"da yil futbolchisi bo‘ldi, O‘zil esa kuchli uchlikka ham kira olmadi
Fikrlar