Argentinada o‘tadigan o‘smirlar Olimpiadasida bayroqdor bo‘ladigan sportchimiz nomi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi sharafini 16 sport turida 37 nafar sportchi himoya qiladi.

Tecno

An’anaga ko‘ra, Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladigan sportchi nomini ma’lum qiladi. Unga ko‘ra, erkin kurashchimiz Muhammadrasul Rahimov musobaqaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston bayroqdori vazifasini bajaradi.

Ma’lumot uchun, Muhammadrasul bungacha quyidagi natijalarni qayd etgan:

2017 yil: O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kumush medal (Tailand)
2018 yil: O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kumush medal (O‘zbekiston)
2018 yil: Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bronza medal (Hindiston)

Ta’kidlash lozimki, Olimpiya o‘yinlarida o‘z vatani bayroqori bo‘lish nafaqat sharaf, balki katta mas’uliyat hamdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!