
Argentina, Paragvay, Urugvay hamda Chili JCh-2030ga birgalikda mezbonlik qilishmoqchi
JCh-2030 Janubiy Amerika qit’asida o‘tkazilishi mumkin. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Argentina, Paragvay, Urugvay hamda Chili FIFAga musobaqani birgalikda o‘tkazish borasida ariza topshirishadi.
Eslatib o‘tish lozimki, 2030 yilgi musobaqada jahon chempionatining 100 yilligi nishonlanadi. Boisi, ilk jahon chempionati 1930 yil Urugvayda o‘tkazilgan.
Ma’lumot uchun, JCh-2022 Qatarda, JCh-2026 esa Kanada, Meksika va AQShda o‘tkaziladiyu
Fikrlar