
Anri "Monako" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangach nimalar dedi?
“Monako” klubining yangi bosh murabbiyi Terri Anri yangi lavozimga tayinlangach ilk bor o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Birinchi navbatda bunday katta klubda ishlashimga imkon yaratgan “Monako” rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Yana “Monako”ga qaytganimdan xursandman. Asosiy maqsadim oldimizda turgan murakkab vaziyatdan chiqib ketish.
Tezroq futbolchilar bilan ko‘rishib, ular bilan ishni boshlashni intizorlik bilan kutyapman”, - deydi 41 yoshli frantsiiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Anri asli “Monako” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1994-1999 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan va “Monako” bilan Frantsiya chempionati va kubogida g‘olib bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, "Monako" chempionatning o‘tgan 9ta tur yakunlariga ko‘ra 6 ochko bilan musobaqa jadvalida 18-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar