Angliya terma jamoasi Italiyaga qarshi bahs oldidan yana bir yo‘qotishga uchradi

  • 26 mart, 2018, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi ertaga Italiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan navbatdagi jiddiy yo‘qotishga uchradi.

Tecno

Jek Uilsher ("Arsenal") va Rayan Bertrand ("Sautgempton") kabi futbolchilar ortidan "Liverpul" himoyachisi Jo Gomes ham safdan chiqdi. Uning gollandiya terma jamoasiga qarshi bahsda jarohat olgani aytilmoqda. Futbolchi ayni damda Angliya terma jamoasi qarorgohini ham tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!