
Andrey Shipilov: Bugun futbolchi almashtirishda xato qildim
"Bugungi noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan har ikki jamoa a’zolari ham borlarini berib harakat qilishganini alohida ta’kidlay olaman. Qolaversa, asl futbol shinavandalari ham sovuq bo‘lishiga qaramay kelib, sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlab turishdi. Bunday stadionda to‘p surish har qanday futbolchi uchun yoqimli. O‘yin to‘g‘risida gapirsam, "Bunyodkor" haqli tarzda g‘alabaga erishdi. Bizning jamoa esa birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdi. Lekin ikkinchi bo‘limda umuman o‘yinimiz qovushmadi.
Ayniqsa, o‘yinchi almashtirishda xato qilganimni ayta olaman. Bugun 3-4 nafar o‘yinchilarimiz bor mahoratlarini ishga solishdi. Ayniqsa, yosh futbolchilarimiz qo‘ldan kelgancha o‘ynashga urinishdi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar