
Andrey Lunin Kurtuaning o‘rinbosari bo‘ladi
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kelgusi mavsum ukrainalik kiper Tibo Kurtuadan keyingi "qirollik klubi"ning ikkinchi raqamli darvozaboniga aylanadi.
Keylor Navas esa klubni tark etishi tobora oydinlashib bormoqda.
Bu mavsum 19 yoshli darvozabon "Leganes" safida ikki uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, Lunin iyulda "Zarya"dan 14 mln evro evaziga sotib olingan edi va u jamoa bilan olti yillik bitimga imzo chekkan.
Fikrlar