
Anchelottining short-listida 12 nafar futbolchi bor
Kuni kecha "Napoli" boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan Karlo Anchelotti yozda jamoasiga kimlarni olib kelish borasida bir qarorga keldi.
Unga ko‘ra 59 yoshli italiyalik mutaxassis o‘z jamoasi safida Alfons Areolya (PSJ), Bernd Leno ("Bayer"), Ruy Patrisiu ("Sporting"), Toma Mene (PSJ), Sime Vrsalko ("Atletiko"), Djerom Boateng ("Bavariya"), Arturo Vidal ("Bavariya"), Renatu Sanchesh ("Bavariya"), Federiko Keza ("Fiorentina"), Simone Verdi ("Bolonya"), Suso ("Milan") va Karim Benzema ("Real") kabi futbolchilarni ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli" yakunlangan mavsum A Seriyada kumush medallarni qo‘lga kiritdi va u kelasi mavsum EChLda ishtirok etadi.
Fikrlar