
Anastasiya Pavlyuchenkova kurashdan chiqdi
Rossiyalik tennischi Anastasiya Pavlyuchenkova Xobart turnirining birinchi davrasidagi to‘siqdan o‘ta olmadi.
U musobaqaning ilk bosqichida belaruslik Vera Lapkoga uch set qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsada, 3:6, 6:3, 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa "Hobart International" turnirining ikkinchi davrasiga chiqqan Lapko endi ukrainalik Dayana Yastremskani sinovdan o‘tkazadi.
Fikrlar