Ana xolos! “Barselona”ning ikki etakchisi Neymarning ortga qaytishiga qarshi

  • 14 mart, 2018, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yoz 222 mln evro evaziga PSJga ko‘chib o‘tgan hujumchi Neymarning yana La Ligaga qaytish istagi paydo bo‘lgani haqida so‘nggi paytlarda OAVlarda qator xabarlar tarqaldi.

Tecno

Biroq, ispan nashrlarining yozishicha “Barselona”ning barcha futbolchilari ham birdek Neymarning ortga qaytishiga hayrihox emas. Masalan Jerar Pike, Luis Suares va Lionel Messi braziliyalik futbolchining jamoaga qaytishini istayotgan bo‘lsa, Andres Inesta hamda Serxio Busketslar klub rahbariyati o‘tgan mavsum avvalida PSJga o‘tib jamoani og‘ir ahvolga solib qo‘ygan futbolchi uchun katta mablag‘ sarf etishlari noo‘rin degan fikrda.

Eslatib o‘tamiz, Neymarga shuningdek Madridning “Real” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!