
Ana xolos! Argentina futboli afsonalaridan biri JCh-2018ga Kolumbiya bilan boradi
Milanning “Inter” va Madridning “Real” klublari sobiq futbolchisi Esteban Kambyasso Kolumbiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ish boshladi.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik sobiq futbol yulduzi u erda bosh murabbiylik qilayotgan hamyurti Xose Pekermanga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli Kambyasso o‘zining professional futbolchilik faoliyatini o‘tgan yilning sentyabrida yakunlagan edi.
Ma’lumot uchun, Kolumbiya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Yaponiya, Polsha va Senegal terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar