Aleksis Sanches o‘zining Manchesterdagi uyini sotuvga qo‘ydi

  • 5 iyul, 2018, 20:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Aleksis Sanches o‘zining Manchester shahrida joylashgan uyini sotib yubormoqchi.

Tecno

Tribalfootball nashri tarqatgan xabarga ko‘ra shaharning Xeyl Barns tumanida joylashgan ushbu uy yaqindagina sotuvga qo‘yildi. Ushbu uy taxminan 2,15 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli chililik futbolchi MYu safiga o‘tgan qishki transferlar davrida “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan yarim mavsum davomida mankuanliklar safida jami 18ta bahsda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!