"Al-Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvini Mohannad Sarray boshqaradi

  • 26 yanvar, 2018, 17:57
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

30 yanvar kuni Doxada o‘tadigan "Al-Garafa" - "Paxtakor" bellashuvida iroqlik hakamlar guruhi ishlaydi. Bu haqda "Paxtakor" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tecno

Mohannad Qosim Isi Sarray o‘yinda boshqa hakam sifatida ishlaydigan bo‘ldi. U o‘tgan yili milliy terma jamoamizning Toshkentda Qatarga qarshi kechgan bellashuvini boshqargandi. O‘shanda termamiz 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. "Paxtakor" ishtirokidagi o‘yinlarda Sarray hozircha hakamlik qilmagan. Klublarimiz va terma jamoalarimiz ushbu referi boshqargan uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchramagan.

Unga hamyurtlari Moayad Muhammad Ali va Vaziq Obayd Svaydi yordam beradi. O‘yinda komissar sifatida singapurlik Sivakumar tayinlangan.

"AL-GARAFA" - "PAXTAKOR"

Hakamlar: Mohannad Qosim Isi Sarray, Muayad Muhammad Ali, Vaziq Obayd Svaydi, Zaid Tamir Muhammad (Iroq).

Hakamlar nazoratchisi: Omar Musa Xalaf Lum (Iordaniya).

Uchrashuv komissari: Sivakumar (Singapur).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!