Aguero "Siti"ning ketma-ket ikkinchi mavsum ham APLda muvaffaqiyat qozona olishiga ishonmoqda

  • 23 noyabr, 2018, 10:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi forvardi Serxio Agueroning so‘zlariga ko‘ra APLda qatorasiga ikkinchi mavsum ham chempion bo‘lish “shaharliklar” uchun oson bo‘lmaydi.

Tecno

“Premer-ligada yana g‘olib bo‘lish oson emas. Ammo, jamoamizda hozir ham xuddi o‘tgan mavsumdagidek kayfiyat hukmron. Shuning uchun kelajakka nisbatan ishonchimiz bor. Agar biz xuddi shu darajani saqlab qola olsak, u holda chempion bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lamiz. Qolaversa, tarkibimiz xam o‘tgan mavsumdagidan deyarli o‘zgarmagan. Agar biz bu borada o‘z maqsadimizga erishsak, albatta sovrinni qo‘lga kirita olamiz”, - deydi argentinalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” ayni damda APLning ortda qolgan 12ta tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!