
Aguero: "Man. Siti" tarixga kirishi darkor
"Manchester Siti" klubi xujumchisi Serxio Aguero jamoaning turnirdagi ishtiroki haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Jamoa shunday natijalar ko‘rsatayotgan bo‘lsa, demak "Man. Siti"da 4ta turnirda g‘alaba qozonish imkoniyati bor. Men maqsadim sari olg‘a boradigan insonman, shu sababdan ham mehnat qilaman.
Hech kaysi jamoa bir mavsum 4 turnirda g‘alaba qozonmaganligidan xabarim bor, ushbu jamoa tarixga kirishi kerak deb hisoblayman. "Siti"ning bugungi kundagi maqsadi qo‘ldan kelgancha ko‘proq turnirlarda g‘alaba qozonish, - deya Agueroning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mirror nashri.
Fikrlar