Agar "Real" va "Inter" mag‘lub etilmasa "Roma" ustozi iste’foga chiqariladi

  • 26 noyabr, 2018, 18:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko tez orada iste’foga chiqarilishi mumkin.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agarda 49 yoshli mutaxassis boshqaruvidagi jamoa yaqinlashib kelayotgan “Real” (27 noyabr) va “Inter”ga (2 dekabr) qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozona olmasa, u o‘z lavozimidan ozod etiladi.

Di Francheskoning o‘rnini esa Paulu Souza yoki Antonio Konte kabi mutaxassislardan biri egallashi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Roma” A Seriyaning o‘tgan 13ta turidan so‘ng 19 ochko to‘plagan holda 7-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Di Franchesko boshchiligidagi “Roma” o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib bora olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!