
Afonin «Anji» bilan qancha muddatga shartnoma imzoladi?
Maxachaqalaning «Anji» klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afoninni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
Afonin erkin agent sifatida «Orenburg»dan «Anji» safiga kelib qo‘shildi va jamoa bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Afonin bunga qadar Toshkentning «Traktor», «Rubin»(Rossiya), Sho‘rtan va «Salyut»(Rossiya) jamoalarida to‘p surgan.
Yakunlangan mavsumda hamyurtimiz Rossiya Premer ligasida 28 o‘yin o‘tkazadi va bitta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar