
Adhamjon Ergashev: Bu musobaqa men uchun boshqacha o‘tdi
Xabaringiz bor, Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika bahslarida -62 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Adhamjon Ergashev bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu medal qo‘lga kiritilganidan so‘ng SPORTS.uz internet axborot portali sportchimiz bilan bog‘lanib, uning musobaqa to‘g‘risidagi fikrlari bilan qiziqdi:
̶ Adhamjon, avvalo, Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan bronza medalingiz bilan tabriklaymiz. Aytingchi, siz musobaqa uchun qanday o‘tdi?
̶ Xudoga shukur musobaqa judayam zo‘r o‘tdi. Ayniqsa, 3 karra olimpiya o‘yinlari sovrindoriga qarshi bahs olib bordim. Bu men uchun katta baxt. Qolaversa, Osiyo o‘yinlariga birinchi marta qatnashdim va sovrindor bo‘ldim. Bu yutuq, nafaqat, meniki, balki butun O‘zbekistonmizning yutug‘idir. Shuningdek, ushbu medal mustaqilligimizning 27 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi, deb o‘ylayman.
̶ Raqobatchilaringiz ichida eng yoshi edingiz. Ayniqsa, siz bilan oltin medal uchun kurashgan indoneziyalik Uravan sizdan oz emas ko‘p emas 10 yoshga katta edi. Bu sizga qanday ta’sir qildi?
̶ Juda ham katta farqi bor. Endi Xudoga shukur, ozgina bo‘lsa ham raqobat qildim. Nasib qilsa, yana keyingi musobaqalarda ko‘rishib qolamiz, degan umiddaman. Bundan oldin ham yoshi katta sportchilar bilan musobaqalarga qatnashganman. Ammo bunisi baribir men uchun boshqacha bo‘ldi.
Fikrlar