
Adhamjon Ergashev - Osiyoning eng yaxshi sportchisi
Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi.
Ushbu nufuzli musobaqada har ikkala yosh toifasida jami 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan holda, Osiyoning eng yaxshi sportchisi nomiga sazovor bo‘ldi.
Umuman olganda, musobaqada terma jamoamiz safida 10 nafar sportchi ishtirok etdi va yakunda, vakillarimizdan Shahzodbek Xudoyberganov 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Farhodbek Sobirov 1 ta oltin va 2 ta kumush, yana bir hamyurtimiz Aleksandr Li esa, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek qizlar o‘rtasidagi bahslarda 69 kilogramm vazn toifasidagi sporchimiz Omadoy Qo‘zieva ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, 58 kilogramm vaznda Muattar Nabieva uchinchi o‘rinni band etdi.
Fikrlar