
APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?
Xabaringiz bor bundan avvalroq Angliya premer-ligasi chempionatning o‘tgan yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyiga nomzodlarni e’lon qilgan edi. Keyinroq musobaqaning o‘tgan oydagi eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar ham ma’lum qilindi.
Ushbu ro‘yxatdan "Byornli" darvozaboni Tom Xiton (4 o‘yin, 15ta seyv),
"Bornmut" hujumchisi Joshua King (4 o‘yin, 3 gol, 1 golli uzatma), "Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lakazett (4 o‘yin, 3 gol), "Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof (4 o‘yin, 1 gol), "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford (4 o‘yin, 3 gol) hamda "Sautgempton" hujumchisi Jeyms Uord-Prouz (4 o‘yin, 3 gol) kabi futbolchilar joy olishdi.
Fikrlar