
APL. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Xaddersfild"ni enga olmadi
Hozirgina Angliya premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Xaddersfild” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0.
“Manchester Siti” – “Xaddersfild” 0:0 (0:0, 0:0)
6 may «Etixad Stedium»
“Manchester Siti” – Ederson, Stounz (Bernardu Silva, 73), Otamendi, Uoker, Delf (Mendi, 57), Silva, Fernandino, Sterling, de Bryuyne (Gyundogan, 67), Sane, Gabriel Jezus.
“Xaddersfild” – Lessl, Yorgensen, Shindler, Kongolo, Xaderdjonay, Pritchard (van La Parra, 82), Xogg, Smit, Muy, Leve (Meloun, 78), Mune (Depuatr, 60).
Ogohlantirishlar: Smit (66), Leve (76), van La Parra (87).
Fikrlar