AGMKning OChL saralashidagi raqibi haqida nimalarni bilasiz?

  • 6 fevral, 2019, 09:38
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Stadion sig‘imi - 22 000. Klub Prezidenti — Shohrux Saidzoda. Bosh murabbiy – Hakim Fuzaylov.

Tecno

“Istiqlol” jamoasining Tojikiston chempionatidagi natijalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, dushanbeliklar 2008 yilgi mavsumda Tojikiston chempionati 1-ligasida ishtirok etib, debyut mavsumdayoq oliy ligaga yo‘llanma olishgan. E’tiborlisi Qanoat Latifov bosh murabbiyligida jamoa 1-ligada o‘tkazilgan 35 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.

2009 yil “Istiqlol” Tojikiston oliy ligasida yangi murabbiy Salohiddin G‘ofurov boshchiligida o‘z ishtirokini boshladi. Jamoa o‘z tarkibini asosan mamlakat o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida toblangan futbolchilar orqali shakllantira boshladi. Poytaxtliklarning debyut mavsumi qoniqarli bo‘ldi. “Istiqlol” o‘tkazilgan 18 o‘yinda 36 ochko to‘plab 4-pog‘onani band etdi.

2010 yil “Istiqlol” har jabhada katta natijalarga erishib, Tojikiston chempioni va kubok sohibi, shuningdek Superkubok uchrashuvida ham zafar quchdi. Bu mavsumda jamoani dastlab Salohiddin G‘ofurov boshqargan bo‘lsa, ikkinchi davradan so‘ng uning o‘rnini Olimjon Rafikov egalladi. Garchi “Istiqlol” birinchi davrada natija borasida biroz oqsagan bo‘lsada, chempionatni mag‘lubiyatsiz yakunladi.

Jamoa 32 o‘yinning 26tasida g‘alaba qozondi va 6 uchrashuvda durang qayd etdi.
2011 yilda “Istiqlol” o‘z hisobiga navbatdagi sovrinlarni qo‘shib qo‘yishda davom etdi. Jamoa chempionat va kubok bahslarida barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
2012 yilgi mavsumni jamoa seribiyalik mutaxassis Nikola Kavazovich bosh murabbiyligida boshladi. Jamoa mavsumni uchinchi marta Superkubokni yutish bilan boshladi. Kubok bahslarida finalga qadar etib borgan poytaxtliklar, chempionatni 3-pog‘onada yakunlashdi. Kubok va chempionatda zafar qozonilmagan bo‘lsada, jamoa o‘z tarixida ilk marotaba xalqaro musobaqa g‘olibligini tantana qildi. “Istiqlol” OFK Prezidenti kubogi turniri g‘olibi bo‘ldi.

2013 yilgi mavsumni ham “Istiqlol” ko‘tarinki kayfiyatda boshladi. Dastlabki 9 uchrashuvning 8tasida g‘alaba qozonildi. Ko‘lob shahrida “Ravshan” jamoasiga imkoniyat boy berildi. Bu mag‘lubiyat serbiyalik mutaxassisga chiqish eshiklarini ko‘rsatilishiga sabab bo‘ldi. Mavsumni qolgan qismida jamoani Tojikiston futbolining yorqin namoyondalaridan biri bo‘lgan Oleg Shirinbekov boshqaradigan bo‘ldi. Yil yakunida “Istiqlol” o‘z hisobiga chempionat kumush medallarini yozdirib qo‘ydi. Shu bilan birga jamoa kubok sohibiga aylandi.

2014 yilni jamoa yana yangi murabbiy bilan boshladi. Shirinbekov o‘rnini mahalliy mutaxassis Mubin Ergashev egalladi. Bu mavsumda jamoa yana peshqadamlikni mustahkamladi. “Istiklol” chempionat, kubok va superkubokda mutlaq g‘olib bo‘ldi.
2015 yil “Istiqlol” ilk marotaba OFK kubogi musobaqasida ishtirok etdi. Dastlabki natija yomon bo‘lmadi. Jamoa turnir finaliga qadar etib bordi. Ichki chempionatda bu jamoaga raqib deyarli topilmadi. Bu gal ham jamoa har uch yo‘nalishda g‘olib bo‘ldi.

2016 yilgi mavsumda “Istiqlol” OFK kubogida guruhdan chiqa olmadi. Bu esa jamoada yana bosh murabbiy o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Birinchi davra yakunlangach jamoaga No‘monjon Yusupov bosh murabbiy vazifasini bajara boshladi. Jamoa bu mavsumda ham barcha sovrinlarni o‘ziniki qilib oldi. Oktyabr oyining so‘nggi kunida jamoa bosh murabbiyligiga taniqli mutaxassis Muhsin Muhammadiev taklif etildi.

2017 yil jamoa o‘z tarixida ikkinchi marta OFK kubogi finaliga qadar etib bordi. Mamlakat chempionligini 7-marta nishonlagan jamoa kubok bahslarida finalda imkoniyatni boy berishdi.

2018 yilgi mavsumda jamoa boshqaruvida yana o‘zgarish amalga oshirildi. OFK kubogida guruh bosqichida qolib ketishi Muhsin Muhammadievni ishdan ketishiga sabab bo‘ldi. Uning o‘rnini vaqtincha Alisher To‘xtaev egalladi. Jamoa o‘z an’anasini davom ettirgan holda mavsumni chempion va kubok sohibi sifatida yakunladi.

Manba: AGMK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
06/02/2019 10:09
Хеч нимани билмаймиз