A Seriyaning 3-turi “San-Siro”dagi markaziy o‘yin bilan boshlanadi

  • 31 avgust, 2018, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya A Seriyasining 3-tur uchrashuvlariga start beriladi. E’tiborlisi, turni “Milan” hamda “Roma” klublari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv boshlab beradi. Odatda ushbu jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiliklari doimo tomoshabop bo‘lib kelgan.

Tecno

Quyida esa “Milan” va “Roma” jamoalari to‘qnashuviga oid ba’zi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishib olishingiz mumkin:

- “Milan A Seriya doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 7ta uy uchrashuvining bor yo‘g‘i 1tasida mag‘lub bo‘lgan. 3ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, qolgan 3tasida durang qayd etgan.

- “Roma” esa chempionat doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 3ta bahsdan faqat 1tasida g‘olib chiqqan. 1ta o‘yinda durang qayd etgan, yana 1tasida mag‘lub bo‘lgan.

- Ushbu jamoalarning “San-Siro”da kechgan so‘nggi 3ta o‘yinida rimliklarning qo‘li baland kelgan. Ammo, “Roma” o‘shangacha 5 yil davomida “Milan” maydonida g‘alaba qozona olmagan.

"Milan" - "Roma"
 
Stadion: "San-Siro" (Milan, Italiya)
 
Boshlanish vaqti: 23:30
 
Bosh hakam: Marko Guida (Torre-Annuntsiata, Italiya)
 
Taxminiy tarkiblar:
 
"Milan": Donnarumma - Abate, Kaldara, Romanoli, Rodriges, Kesse, Bilya, Bonaventura, Suso, Iguain, Chalxanoglu.
 
"Roma": Olsen - Kolarov, Manolas, Fasio, Karsdorp, Rossi, Nzonzi, El-Shaaravi, Pastore, Under, Jeko.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!