
A Seriya. Ikardi "Inter"ga navbatdagi g‘alabani olib keldi
Milandagi "Juzeppe Meatstsa" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvda kiritilgan yagona golga Mauro Ikardi mualliflik qildi.
Bugungi muvaffaqiyat natijasida Luchano Spaletti shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 32 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar