
90 daqiqa harakat qilgan Aliqulovning o‘yini qanday baholandi?
Turkiya chempionati 31-turidan o‘rin olgan "Istanbulspor" - "Rizespor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar yirik, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ibragim Olavoin hisobni ochgan bo‘lsa, Martin Minchev dublni rasmiylashtirdi. O‘yin so‘ngida Babajide ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Legionerimiz Husniddin Aliqulov boshlang‘ich tarkibdan joy oldi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Bundan tashqari, 54-daqiqada hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng rizeliklar ochkolari sonini 45 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 5-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
"Whoscored" portali talqiniga ko‘ra legionerimizning o‘yini 7.3 balga loyiq ko‘rildi.
"Sofascore" esa, 24 yoshli himoyachimizning uchrashuvdagi harakatlarini 7.3 ballga ballga baholadi.
Fikrlar