9 ta gol urilgan o‘yinda "Manchester Siti" g‘alaba qozondi (video)

  • 16 sentabr, 2021, 07:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasi "A" guruhi 1-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “RB Leyptsig”ni qabul qildi.

Tecno

Angliyadagi o‘yin gollar shousiga aylanib ketdi. Shu kuni muxlislar naqd 9 ta gol guvohi bo‘lishdi. Yakunda 6:3 hisobida “Siti”ning qo‘li baland keldi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollar Natan Ake 16', Nordi Mukiele 28' (avtogol), Riyad Maxrez 45+2', Jek Grilish 56', Juan Kanselu 75' va Gabriel Jezus 85' hisobiga yozildi. Nemis klubi safida Kristofer Nkunku (42', 51', 73') xet-trik qayd etdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!