
9 ta gol urilgan o‘yinda "Everton" "Tottenxem"dan ustun keldi (video)
Angliya kubogining 5-raundida “Everton” o‘z maydonida “Tottenxem”ni qabul qildi.
“Gudison Park” stadionida kechgan o‘yinda darvozalarga naqd 9 ta gol kiritildi. Yakunda esa 5:4 hisobida “irischilar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Everton”ning gollariga Dominik Kelvert-Lyuin (36'), Risharlison (38', 68'), Gilfi Sigurdsson (43') va Bernard (97') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Tottenxem”ning gollarini Davinson Sanches (3', 57'), Erik Lamela (45') va Xarri Keyn (83') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar