9 aprel kuni PFL titul homiysi “Pepsi” kompaniyasi vakillari bilan matbuot anjumani tashkil etiladi

  • 6 aprel, 2018, 17:38
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 4 aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov “Pepsi” kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, jahonga mashhur kompaniya bilan O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi o‘rtasida shartnoma imzolangandi.

Tecno

Shartnomaga ko‘ra o‘zbek futboli tarixida birinchi marta O‘zbekiston Superligasi o‘zining titul homiysiga ega bo‘ldi. Endilikda futbol bo‘yicha milliy chempionatimiz “PEPSI O‘zbekiston Superligasi” deb nomlanadi.

Shu yilning 9 aprel kuni soat 15:00da “Bunyodkor” stadionining anjumanlar zalida “Pepsi” kompaniyasining yurtimizdagi vakillari va O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Bu haqda O‘Fa matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Anjumanda PepsiCokompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili "International Beverages Tashkent" MChJ QK direktori Muzaffar Salijanov va Marketing bo‘limi boshlig‘i Alisher Samadov hamda PFL bosh direktori Omon G‘ofurov qatnashishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!