
7 daqiqada 4 ta gol urgan "Bavariya" raqibni yanchib tashladi
Bundesliga 8-turidan o‘rin olgan "Bayer" - "Bavariya" o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Leverkuzenga safar qilgan Nagelsmann shogirdlari 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Myunxenliklar 30 va 37-daqiqalar oralig‘ida 4 ta gol urdi. Dastlab, Levandovski 3-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 30-daqiqaga kelib uning o‘zi oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Biroz o‘tib Myuller jamoasining 3-goliga mualliflik qildi. 35 va 37-daqiqalar oralig‘ida dubl qayd etgan Gnabri hisobni yirik 5:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Bu gollarga "Bayer" futbolchisi Patrik Shik bir bora javob bera oldi.
Shunday qilib, "Bavariya" ochkolari sonini 19 taga etkazib olib, Germaniya chempionati turnir jadvalida 1-o‘ringa qaytdi. 16 ochkosi bor "Bayer" ayni damda 3-pog‘onada joylashgan.
Fikrlar