
5 ta g‘alabasiz seriyasiga ega Turkiya debyutant Gruziyaga qarshi! (prevyu)
Gruziya Dortmunddagi "Signal Iduna Park"da Turkiyaga qarshi maydonga tushib, Evropa chempionatida debyut qiladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerak, jamoa "Evro-2024" da qatnashadigan yagona debyut davlat bo‘ldi (Serbiya avval Yugoslaviya sifatida qatnashgan).
Ammo UEFA Millatlar ligasining joriy etilishi Gruziya kabi mamlakatlar foydali bo‘ldi. Jamoa Millatlar ligasining "C4" guruhida g‘alaba qozongani uchun "Evro-2024" pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi va Lyuksemburg va Gretsiyani (0:0 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida) mag‘lub etib, turnirga Evrogacha etib keldi.
2012 yildan beri Evropa chempionatida debyut qilgan sakkizta davlatdan uchtasi turnirdagi ilk o‘yinida g‘alaba qozonib kelmoqda, 2012-yilda Ukraina Shvetsiyani, to‘rt yildan so‘ng Uels Slovakiyani taslim qildi. Shuningdek, Finlyandiya "Evro-2020"da Daniya ustidan zafar quchgan.
Turkiya uchun saralash bosqichi oson kechmadi. Bir qator ishonchsiz natijalar Stefan Kuntsni ishdan bo‘shatilib, uning o‘rniga Vinchentso Montellani jamoa bosh murabbiyiga aylanishiga sabab bo‘ldi, lekin italiyalik murabbiy qo‘l ostida Turkiya "Evro-2024" yo‘llanmasini qo‘lga kirita oldi. Ammo undan keyingi natijalar muxlislarni biroz umidsizligiga sabab bo‘lmoqda. Mart oyidagi Avstriya bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida turklar 6:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va ular so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinida Polshaga 2:1 hisobida yutqazib, Italiya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Qolaversa, Montella istiqbolli yarim himoyachi Can Uzunni turnirga olib kelamagani tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Turkiya barcha musobaqalarda Gruziya bilan o‘tkazgan besh uchrashuvning uchtasida g‘alaba qozondi. Bu 2012-yil may oyida 3:1 hisobidagi o‘rtoqlik g‘alabasidan keyingi birinchi uchrashuvdir. Gruziyaning yagona g‘alabasi 2007 yilning fevralida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:0) bo‘lgan.
Taxminiy tarkiblar
Turkiya: Gyunok, Ayhan, Demiral, Bardakchi, Kaidboglu, O‘zchan, Chalxanoglu, Gyuler, Yildiz, Aktyurkoglu, Yilmaz.
Gruziya: Mamardashvili, Kverkeliya, Kashiya, Dvali, Kakabadze, Kvekveskiri,Kochorashvili, Shengeliya, Chakvetadze, Kvaratsxeliya va Mikautadze.
Fikrlar