"31st Abu Dhabi International Chess Festival". Beshinchi tur ortda qoldi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida shaxmat bo‘yicha "31- Abu Dhabi International Chess Festival" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Turnir shveytsarcha tizimda 9 raunddan iborat bo‘lib, ishtirokchilarga 90 daqiqa va birinchi yurishdan boshlab, 30 soniyadan vaqt nazorati belgilanadi. Tashkiliy qo‘mita o‘yinchilarni besh yulduzli mehmonxonada bepul joylashtirishni ta’minlaydi.
Musoabaqada 55 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchilar ishtirok etmoqda. Kecha 5-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turdan so‘ng vakillarimizning natijalari bilan tanishing.
"Masters" guruhida Gulruhbegim Tohirjonova, Davron Sharipov, Akobirxon Saydalievlar dona surmoqda.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning umumiy sovrin jag‘armasi 500,000 dirhamni ni tashkil qiladi. Bu yilgi festival o‘z tarixidagi eng ko‘p ishtirokchiga ega bo‘lib, unda 82 mamlakatdan 3000 dan ortiq o‘yinchi qatnashmoqda. Avvalgi birinchilikda 2,500 dan ortiq shaxmatchi qatnashgandi.



Fikrlar